Özgidromet ma’lumotiga köra, oy davomida havo harorati keskin özgarib turgan. Iyulning dastlabki kunlarida nisbatan salqin ob-havo kuzatilgan bölsa, ikkinçi beş kunlikdan boşlab harorat izçil kötarilgan.

Eng kuçli issiq tölqini 18–19-iyul kunlari kuzatilib, respublikaning katta qismida havo harorati 43–46 darajaga, janubiy va çöl hududlarida esa 46–50 darajagaça yetgan. Kuzatilgan körsatkiçlar mamlakat meteorologik kuzatuvlari tarixidagi mutlaq maksimumlarga yaqinlaşib, qator hududlarda yangi rekordlar örnatilgan.

Jumladan, Nurafşon, Buxoro, Navoiy, Uçquduq, Samarqand, Kattaqörğon, Arnasoy, Şahrisabz, Andijon, Namangan, Farğona va yana bir qator meteostansiyalarda mutlaq maksimal havo harorati böyiça avvalgi rekordlar yangilangan.

Toşkent şahrida eng yuqori harorat 19-iyul kuni qayd etilib, termometrlar 44,3 darajani körsatgan. Bu 1997-yilda örnatilgan mutlaq rekorddan atigi 0,3 daraja past bölgan.

Hisobotga köra, iyul oyida havo harorati 40 daraja va undan yuqori bölgan kunlar soni markaziy va şarqiy hududlarda 3–8 kunni, boşqa hududlarda 9–18 kunni, eng janubiy va Qizilqumning ayrim joylarida esa 19–23 kunni taşkil etgan. Bu körsatkiçlar köp yillik örtaça qiymatlardan ança yuqori bölgan.