Yevropaning Copernicus iqlim özgarişini monitoring qiliş xizmati (C3S) maʼlumotlariga köra, 2026-yil avgustida Yer yuzi böyiça örtaça harorat 16,96 daraja Selsiyga yetgan.
Bu körsatkiç 2023-yil avgustida qayd etilgan avvalgi eng yuqori natijadan ham oşgan. Şu tariqa, 2026-yil avgusti kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy böldi.
Reutersʼning yozişiça, global haroratning sanoatlaşuvgaça bölgan davr darajasiga nisbatan isişi 2025-yil noyabridan beri birinçi marta 1,5 darajadan yuqori kötarilgan.
Copernicus mutaxassislari 2026-yil yozi Ğarbiy Yevropada ham kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yoz bölganini qayd etdi. Şu bilan birga, dengiz suvi harorati ham misli körilmagan darajada yuqori körsatkiçlarga yetgan.
2026-yil yozi birin-ketin kuzatilgan öta kuçli issiq tölqinlari bilan ajralib turdi. Ekstremal yuqori haroratlar ayrim hududlarda daryolar sathining pasayişi va ösimliklarning qurişiga olib keldi.
Rekord darajadagi issiqlik boşqa ekstremal ob-havo hodisalari, jumladan suv toşqinlari va yirik örmon yonğinlari bilan ham keçdi.
Copernicus eksperti Samanta Byorjessning AFPʼga aytişiça, insoniyat kamida sönggi 100 ming yil içida hozirgidek yuqori haroratlarga duç kelmagan bölişi mumkin.
U iqlim özgarişi endi mavhum tuşunça emasligi, uning oqibatlari odamlarning kundalik hayotiga tobora köproq taʼsir qilayotganini taʼkidlagan. Yevropada kuçli issiq paytida yöl qoplamalarining erişi va şifoxonalarga tuşayotgan yuklamalarning ortişi şular jumlasidan.
Copernicus iqlim isişining asosiy sababi sifatida neft, kömir va gaz kabi qazilma yoqilğilarni yoqiş natijasida atmosferaga çiqarilayotgan issiqxona gazlarini körsatmoqda.
Avvalroq taşkilot 2026-yilning iyun va iyul oylarini ham Ğarbiy Yevropa tarixidagi eng issiq oylar sifatida qayd etgan edi.












