«2020 yil 23 aprel soat 22:30 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1758 nafarni taşkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Özbekistonda koronavirusdan zararlanişning ilk holati 15 mart kuni Toşkentda tasdiqlangandi. Ötgan vaqt davomida kasallik respublikaning butun hududiga tarqaldi.

Sönggi kunlarda kasallikdan soğayganlar soni yangi zararlaniş holatlaridan oşa boşladi.

21 aprel kuni 51, 22 aprel kuni 38, bugun esa 42 nafar kişida kasallik aniqlangan.

Bu kunlarda mos ravişda 96, 93 va 111 nafardan bemorlar tuzaldi.

Kasallik tarqalişni boşlagandan buyon jami 561 kişi kasallikdan soğaydi, 7 kişi vafot etdi.