Vazirlar Mahkamasining “Qöqon davlat pedagogika instituti faoliyatini tubdan takomillaştiriş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qöqon davlat pedagogika instituti faoliyatining asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilanadi:
pedagogika sohasining rivojlaniş istiqbollari hamda ustuvor vazifalarini hisobga olgan holda xorijiy mamlakatlarning yetakçi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda pedagogika sohasi böyiça tarbiya va öqitiş usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda xorijiy tillarni puxta özlaştirgan, ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qöllaş könikmalariga ega professional oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlaş;
oliy ma'lumotli mutaxassislar, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş borasidagi xorijiy tajribalarni amaliyotga qöllaş, bitiruvçilarning kasbiy-malaka darajasi xalqaro mehnat bozorida tan olinişini ta'minlaş;
ta'lim va ilmiy izlanişlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etiş maqsadida respublika va xorijiy yetakçi oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş;
yangi avlod öquv-ilmiy adabiyotlarini yaratiş, ularni ta'lim va ilmiy jarayonlarga keng tatbiq etiş, yangi adabiyotlar sotib oliş, Axborot-resurs markazi fondini muntazam yangilab boriş;
ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etiş, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ta'lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta'minlaş;
pedagogika ta'lim sohasini rivojlantirişning ilmiy-metodik vazifalarini hal etiş, ilğor xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy qilişga yönaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib boriş va iqtidorli talaba-yoşlarni ilmiy faoliyat bilan şuğullanişga keng jalb etiş;
pedagog kadrlarning ilmiy salohiyati, kasbiy va malakaviy bilim darajasini uzluksiz rivojlantirib boriş mexanizmlarini joriy etiş, ularning pedagogik mahoratlarini rivojlantirişda xorijiy oliy ta'lim muassasalarining ilğor tajribalaridan keng foydalaniş;
mamlakatimiz va xorijiy ta'lim muassasalarida pedagogika fani böyiça erişilgan yutuqlarni tizimli joriy etib boriş, respublika va xorijiy oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy markazlarga istiqbolli yoş bitiruvçilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuboriş orqali institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oşirib boriş;
yuksak madaniyatli, amaliy kasbiy könikmaga ega, tarbiya, öqitiş metodlari va baholaş mezonlarini puxta egallagan zamonaviy pedagog kadrlar, jumladan, çet tillarida dars beruvçi yoş pedagog xodimlar qatlamini kengaytiriş, ularning mehnatini moddiy va ma'naviy rağbatlantiriş;
xalqaro baholaş dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) va STEM standartlari asosida öqiş, matematika va tabiiy yönalişdagi fanlarni öqitiş va baholaşning zamonaviy şakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etiş hamda uşbu bilim va könikmalarga ega bölgan kelajak pedagoglarini tayyorlaş;
jahondagi yetakçi oliy ta'lim muassasalarining ilğor tajribalari hamda kadrlar buyurtmaçilari takliflari asosida ta'limning sifati va kadrlar raqobatbardoşligini ta'minlay oladigan malaka talablari, öquv rejalari va fan dasturlarini işlab çiqiş va muntazam takomillaştirib boriş;
hududdagi pedagogika sohasiga qiziqişi yuqori bölgan yoşlarni aniqlaş hamda ularni maqsadli tayyorlaşning uzluksiz tizimini şakllantiriş;
professor-öqituvçilarni yetakçi xorijiy oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida malaka oşirişi va stajirovkalarini taşkil etiş;
xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qöşma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaşni rivojlantiriş;
talabalar amaliyotini maqsadli taşkil etiş va işga joylaşişiga har tomonlama kömaklaşiş mexanizmlarini şakllantiriş.
Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Maktabgaça ta'lim vazirliklari Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 avgustga qadar:
umumiy örta ta'lim va maktabgaça ta'lim muassasalari pedagog-xodimlarini kasbiy qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş uçun institut tasarrufida tarmoq kasbiy qayta tayyorlaş va malaka oşiriş markazini;
Qöqon şahridagi 28-umumta'lim maktabi negizida Institut tasarrufida Amiriy va Nodirabegim nomidagi ona tili va adabiyoti faniga ixtisoslaşgan umumiy örta ta'lim maktabini taşkil etadi.
Institutda jamoatçilik asosida Pedagogika öquv-ilmiy markazi taşkil etiladi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
pedagogik ta'lim sohasini rivojlantirişning ilmiy-amaliy asoslarini yaratiş va metodik ta'minotini işlab çiqiş;
pedagogik soha muammolarini örganiş, tahlil qiliş va hal etiş böyiça ilmiy tadqiqotlar ötkaziş hamda ularda qöllaniladigan samarali metodlar işlab çiqilişini ta'minlaş;
pedagogik ta'lim sohasining asosiy yutuqlarini keng jamoatçilikka yetkaziş böyiça bosma va elektron ilmiy jurnallar ta'sis etiş, ilmiy loyihalarni amalga oşiriş, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarini taşkil etiş;
jamiyatda, ayniqsa, yoşlar örtasida pedagogika sohasidagi bilimlarni keng tarğib etiş.
Xalq ta'limi vazirligi 2021 yil yangi öquv yilidan:
umumiy örta ta'lim muassasalarida Institut talabalari amaliyotini samarali taşkil etiş uçun tegişli şart-şaroitlar yaratilişini ta'minlaydi;
öquvçilarni pedagog kasbiga yönaltiriş maqsadida Farğona viloyatidagi yetakçi umumiy örta ta'lim muassasalarining 5 tasida 3-4-sinf öquvçilari uçun “Öqiş va matematik savodxonlik böyiça sinflar”, 8-9-sinf öquvçilari uçun “Matematik va tabiiy fanlar savodxonligi böyiça sinflar”, 10-11-sinf öquvçilari uçun “Pedagogik sinflar” taşkil etsin va Institut taklifi asosida dars jarayonlariga ta'sir etmagan holda öquv jarayoniga tegişli özgartirişlar kiritadi.
Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi Fanlar akademiyasi hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda Institutning ilmiy salohiyatini oşiriş va oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaş maqsadida 2021 yildan boşlab respublikaning yetakçi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarida Institut uçun maqsadli tayanç doktorantura böyiça qabul kvotalarini ajratadi.
Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, “El-yurt umidi” jamğarmasi Institut professor-öqituvçilarini xorijiy davlatlarning yetakçi oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy markazlariga doktorantura, stajirovka va malaka oşiriş uçun yuboriş çoralarini köradi.












