Bu haqda Channel A telekanali xabar bergan.
Ma'lum qilinişiça, Kim Çen In Pxenyanni koronavirusga çalinişi mumkinligi xavotirida tark etişga qaror qilgan. Ta'kidlanişiça, koronavirus Kim Çen Inga yaqin odamlarda aniqlangan.
Şu sababli Kim Çen In Pxenyanni ötgan hafta şaxsiy poyezdda tark etib, öziga qaraşli villa joylaşgan Vonsan-Kalma kurortiga yöl olgan.
Ma'lum qilinişiça, Kim Çen In qarorgohida tibbiy muassasa ham joylaşgan.
21 aprelda CNN telekanali AQŞ razvedkasi vakillariga tayanib Şimoliy Koreya yetakçisi jarrohlik amaliyotidan keyin oğir ahvolda ekanini ma'lum qilgan. Keyinroq Janubiy Koreyaning “Ryonxap” axborot agentligi bu ma'lumotni rad etgan. Ma'lumot notöğriligini Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyatidagi manba ham tasdiqlagan.
Bu safar Şimoliy Koreya hukumati va ommaviy axborot vositalari Kim Çen In haqidagi ma'lumotlarga munosabat bildirişmagan. Ta'kidlanişiça, avval ular bunday miş-mişlarga tezkorlik bilan munosabat bildirilib, ularni inkor qilib kelişgan.












