Buyuk Britaniya hukumati aholini koronavirus tarqalişi va yuqtiriş xavfi yöqolmaguniça uylarida qolişda davom etişga çaqirdi. Britaniya içki işlar vaziri Priti Patel ana şunday murojaat bilan çiqdi. 

Patel koronavirus yuqtirganlar va qurbonlar soni kundan-kunga ortayotganini ta'kidladi. Uning aytişiça, mamlakatni inqirozdan olib çiqiş uçun odamlar özini özi izolyatsiya qilişni davom ettirişi hamda hukumat va soğliqni saqlaş vazirligi tavsiyalariga rioya qilişi kerak.

"Barçangizni kuçli bölişga va quyidagi tavsiyalarga rioya qilişga çaqiraman: soğliqni saqlaş tizimini himoya qiliş va insonlar hayotini qutqariş uçun uyda qoling", - dedi u.

Buyuk Britaniyada koronavirusdan vafot etganlar soni 20 mingdan oşdi, kasallikka çalinganlar 148 377 kişiga yetdi. Ötgan sutkada mamlakatda 813 kişi uşbu kasallikdan vafot etdi, bemorlar soni 4 913taga köpaydi.