Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati Toşkent şahrida koronavirusga çalinganlarning yana bir guruhi soğaygani töğrisida ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinişiça, Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasidan 12 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor töliq soğaydi. Ular Soğliqni saqlaş vazirligi mas'ullari iştirokida Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
«Soğaygan bemorlarning 7 nafari Toşkent şahridan, 1 nafari Buxoro viloyatidan, Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlaridan 2 nafardan. Ularning barçasi koronavirusga çalinganlar bilan muloqotda bölib, infeksiya yuqtirib olişgan. Ular orasida eng yoşi kattasi 65 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 9 yoşda. Samarali davolaş muolajalaridan keyin, sönggi tekşiruvlar ularda infeksiya yöqligini körsatdi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.
Uşbu klinikada ayni paytga qadar 110 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 122 nafarga yetdi.
Bugun jami 103 nafar bemor tuzalib, Özbekistonda şu vaqtgaça soğayganlar soni 892 nafarga yetdi.












