Eron atrofidagi mojaro dunyoda oziq-ovqat bilan boğliq vaziyatni keskin yomonlaştirişi va oçlar sonini rekord darajaga oşirişi mumkin, deb yozdi Bloomberg naşri BMT Jahon oziq-ovqat dasturiga (WFP) tayanib.

Oçlikka qarşi kuraş böyiça dunyodagi eng yirik gumanitar taşkilotning fikriça, agar yil örtalariga qadar keskinlik töxtamasa, 45 milliongaça odam oziq-ovqat tanqisligiga duç kelişi mumkin. Oziq-ovqat ta’minoti barqaror bölmaganidan aziyat çekayotganlarning umumiy soni 363 million.

BMT asosiy xavf omillaridan biri sifatida Hörmuz böğozi orqali kema qatnovining buzilişi, şuningdek, Qizil dengizda yuk taşiş uçun ösib borayotgan tahdidlarni körsatmoqda.

Eron bilan uruş yoqilği va öğit narxining oşişiga olib keladi, bu esa Yaqin Şarqdan taşqaridagi oziq-ovqat bozorlariga bosimni kuçaytiradi.

«Agar mojaro davom etsa, u butun dunyo böylab şok tölqinlarini keltirib çiqaradi va oziq-ovqat sotib olişga qurbi yetmaydigan oilalar eng köp zarar köradi», dedi WFP ijroçi direktori örinbosari Karl Skau.

Fors körfazidagi logistika uzilişlari allaqaçon eng zaif mamlakatlarda, jumladan, asosiy tovarlar narxi tez ösib borayotgan Sudan va Somalida öz aksini topmoqda. Eng köp oziq-ovqat va yoqilği importiga boğliq bölgan Afrika mamlakatlari inqirozga duçor bölgan. WFP prognozlariga köra, uşbu hududlarda oziq-ovqat tanqisligini boşdan keçirayotgan odamlar soni 20 foizga oşişi mumkin.