«2020 yil 28 aprel soat 10:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1924 nafarni taşkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Özbekistonda koronavirusdan zararlanişning ilk holati 15 mart kuni Toşkentda tasdiqlangandi. Ötgan vaqt davomida kasallik respublikaning butun hududiga tarqaldi.

Sönggi kunlarda kasallikdan tuzalganlar soni kasallikka çalinganlar sonidan köp bölmoqda.

26 aprel kuni atigi 7ta yangi zararlaniş holati qayd etilgan va 58 kişi soğaygandi. 27 aprel kuni 35 kişida virus aniqlandi va 103 kişi soğaydi.

Virus tarqalişni boşlagandan buyon 892 kişi soğaydi, 8 kişi vafot etdi.

Boş davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov «Özbekiston24» efirida Toşkent şahrida davolanayotgan bemorlar ahvoli böyiça ma'lumot berdi. Unga köra, hozirda Toşkentdagi uçta tibbiyot muassasasida jami 314 kişi davolanmoqda, ulardan 55 nafarida klinik pnevmoniya belgilari mavjud, 10 nafarining ahvoli oğir, 2 nafarining ahvoli öta oğir .

Xususan, Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 117 bemor davolanmoqda, 29 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilmoqda, 3 nafarining ahvoli oğir, 1 nafari öta oğir ahvolda qolmoqda.

Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekşiriş institutida davolanayotgan 67 bemordan 2 nafarining ahvoli oğir.

Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasida esa 130 bemor davolanmoqda va ularning 26 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilmoqda, 5 nafarining ahvoli oğir, 1 nafarining ahvoli öta oğir, deb baholanmoqda.