Visual Capitalist tayyorlagan infografika mamlakatlar va hududlarni nominal yalpi içki mahsulot - YAIM hajmi böyiça taqqoslaydi. Körsatkiçlar bir yilda işlab çiqariladigan tovarlar va xizmatlar qiymatini joriy narxlarda, bozor valyuta kurslari böyiça AQŞ dollarida ifodalaydi.

AQŞ va Xitoyning qolgan davlatlardan farqi katta

AQŞ hissasiga jahon YaIMning taxminan çoragi töğri keladi. Uning iqtisodiyoti hajmi Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Hindiston va Fransiyaning jami körsatkiçidan ham yuqori.

Ikkinçi örindagi Xitoy iqtisodiyoti esa reytingda uçinçi bölgan Germaniyanikidan tört baravardan ziyod katta.

Osiyoda Xitoy va Yaponiyadan taşqari ham yirik iqtisodiyotlar mavjud. Jumladan, prognozda:

  • Hindiston yalpi içki mahsuloti - 4,06 trillion dollar;
  • Janubiy Koreyaniki - 2,25 trillion dollar;
  • Indoneziyaniki - 1,48 trillion dollar deb baholangan.

Hindiston va Indoneziya ulkan isteʼmol bozorlari bilan ajralib tursa, Janubiy Koreya kuçli sanoat bazasiga ega.

Braziliyaning 2,65 trillion dollarlik iqtisodiyoti Janubiy Amerika umumiy körsatkiçining qariyb yarmini taşkil etadi. Avstraliya esa 2,11 trillion dollarlik YAIM bilan Okeaniya iqtisodiyotining asosiy qismini şakllantiradi.

AQŞda sunʼiy intellektga sarmoyalar ösişni rağbatlantirmoqda

AQŞda sunʼiy intellekt sohasiga investitsiyalar köpayişi serverlar, dasturiy taʼminot, maʼlumotlarni qayta işlaş markazlari va energetika infratuzilmasiga talabni oşirmoqda.

Ilğor sunʼiy intellekt modellarini öqitiş va işlatiş katta hisoblaş quvvatlarini talab qiladi. Bu tegişli uskunalarni işlab çiqaruvçi va infratuzilma qurayotgan kompaniyalar uçun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Isteʼmol xarajatlari ham iqtisodiy ösişni qöllab-quvvatlamoqda. Keltirilgan maʼlumotlarga köra, 2026-yilning ikkinçi çoragida AQŞ iqtisodiyoti inflyatsiya hisobga olingan va yillik surʼatga keltirilgan hisobda 2,2 foiz ösgan. Bunda uy xöjaliklari xarajatlari, investitsiyalar va eksport hissa qöşgan.

Sunʼiy intellektga sarmoyalar AQŞdan taşqaridagi işlab çiqaruvçilarga ham taʼsir qilmoqda. Kompyuterlar, serverlar va yarimötkazgiçlarga talab Osiyodagi yetkazib beruvçilar eksporti hamda yangi korxonalar qurilişini rağbatlantirmoqda.