"Koronavirus epidemiyasi sababli köplab korxona va taşkilotlar, jumladan quriliş sohasidagi işlarning töxtab qolişi bizning oldimizga Rossiya poytaxtida yaşayotgan migrantlar, ularning oilalarini zudlik bilan qöllab-quvvatlaş masalasini qöydi", - dedi Izmaylov.
U bugungi kunda Qirğiziston, Tojikiston va Özbekistondan bölgan 500dan ortiq oilaga oziq-ovqatlar yetkazib berilganini aytdi.
Jamğarma direktorining sözlariga köra, Rossiya musulmonlari Suriya, Livan, Çad, Bangladeş va boşqa davlatlardagi dindoşlariga yordam körsatgan.
"Ammo endi biz bilan birga yaşayotgan va mehnat qilayotgan MDH mamlakatlaridan kelganlarga e'tibor qaratiş vaqti keldi. Afsuski, allaqanday guruhlar hamyurtlarimizni talayotgani va OAVda buni migrantlarga ağdarib maqolalar yozilayotgani salbiy rol öynamoqda", - deb ta'kidladi Izmaylov.
Jamğarma rahbari MDH mamlakatlari elçixonalarini Qirğiziston, Tojikiston va özbekistonlik migrantlarga manzilli yordam körsatişga Moskva islom hamjamiyati bilan birgalikda e'tibor qaratişga çaqirdi.












