«Şu soatlarda poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasidan 17 nafar, Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasidan esa 13 nafar, jami 30 nafar bemor butkul soğaydi. Ular Soğliqni saqlaş vazirligi mas'ullari iştirokida Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
Ta'kidlaş joizki, Toşkent şahrida şu paytga qadar 320 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 350 nafarga yetib, yurtimizda bemorlarning soğayib çiqişi böyiça eng yuqori körsatkiçga ega hudud bölib turibdi.
Şunday qilib, bugunning özida 104 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz böylab koronavirus infeksiyasidan butunlay soğayganlar soni 1096 nafarga yetdi va davolanayotganlarga nisbatan sezilarli darajada oşib ketdi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.
Ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 1969 nafarni taşkil qilib, soğaygan va vafot etganlardan taşqari, ayni paytda jami 865 nafar bemor davolanmoqda.












