Vaşingtonda bunday harakatlar nomaqbul deb hisoblanmoqda.
“Men Maduro tuzumi va Eron örtasidagi aloqalar haqida tezkor axborotni taqdim qilmoqçiman. Oxirgi bir neça kun davomida Mahan Air aviakompaniyasiga tegişli bir neçta samolyot Maduro tuzumini qöllab-quvvatlaş sifatida noma'lum yuklarni taşigan”, deb aytgan Pompeo davlat departamentidagi brifingda.
Uning ta'kidlaşiça, Vaşingtonning fikriça, Eron uşbu “terrorçilik” kompaniyasi yordamida Yaqin Şarqda qurol va jangçilar taşiş bilan şuğullangan.
Pompeoning aytişiça, bu parvozlar töxtatilişi lozim va AQŞ öz navbatida buning uçun imkoni bor işni qiladi.
AQŞ davlat kotibi AQŞ ma'muriyati joriy yil oktyabrida Eronga qarşi amal qilişi tugaydigan qurol embargosini uzaytiriş masalasi böyiça BMT Xavfsizlik kengaşi bilan işlaşga tayyorligini ma'lum qilgan.
Pompeoning ta'kidlaşiça, agar bu sa'y-harakatlar natija keltirmasa, AQŞ “qöyilgan vazifaga erişişning boşqa yöllarini örganadi”.
Avvalroq davlat kotibi BMT Xavfsizlik kengaşini Eronga qurol yetkazişga taqiqlovni uzaytirişga çaqirgandi.
U ötmişda Eron öz qöşnilariga raketalar bilan zarba bergani, tankerlarni minalagani va qölga olgani, ixtilof hududlariga kontrabanda yöli bilan qurol yetkazgani va Ukraina aviakompaniyasiga tegişli yölovçi samolyotini urib tuşirganini eslab ötgan.
“Biz Eron yanada ilğorroq qurol sotib olişi va öz qurol-aslahasini mas'uliyatsiz şaxslarga berişiga yöl qöya olmaymiz”, deb ta'kidlab ötgan Pompeo.












