Bu haqda biologik zararsizlantiriş böyiça avstraliyalik mutaxassis Kori Çalmers sözlab berdi.
Uning ta'kidlaşiça, viruslarni yöqotişda eng yuqori samara yuzani tozalaş va söngra uni zararsizlantirişda erişiladi. Bu tuşunçalar yangliş tarzda bir sinonim deb tuşuniladi. Vaholanki, tozalaş sovunlangan latta bilan, zararsizlantiriş esa maxsus vositalar bilan işlov berişni nazarda tutadi.
“Iflos yuzalar mikroblar bilan qoplangan böladi. Ular bioplyonka hosil qiladi. Bu bioplyonka zararsizlantiruvçi aralaşmalarning kirişiga tösqinlik qiladi. Ya'ni dastlab mikroblar qatlamini yöqotiş lozim. Buni oddiy sovun yaxşi uddalay oladi. Söngra kimyoviy vosita yuzada qolgan barça viruslar va bakteriyalarni samarali yöq qila oladi”, deb keltirib ötgan mutaxassisning sözlarini Business Insider naşri.
Çalmersning ta'kidlaşiça, eng yaxşi natijaga erişiş uçun sovunlangan lattani tört qilib buklaş va muayyan yuzani tozalagandan keyin boşqa tomoniga ögiriş lozim. Bir latta bilan uydagi barça buyumlarni artiş tavsiya etilmaydi – bu aksinça mikroblar tarqalişiga yordam beradi. Matoni har qöllagandan keyin yaxşilab çayiş yoki qalin qoğoz soçiqlardan foydalaniş lozim.
Yuza tozalangandan keyin uning ortidan beriladigan zararsizlantiruvçi vosita darhol artib taşlanmasligi kerak. Mutaxassisning aytişiça, bunday tarkibni viruslar töliq zararsizlanişi uçun örtaça 10 daqiqa uşlab turiş lozim.
Tadqiqotlarga köra, koronavirus turli yuzalarda 7 kungaça saqlanib qolişi mumkin. Misol uçun, virus qoğoz va tangalarda 3-4 soat, yoğoç, mato va metall yuzalarda 2-3 kun, oyna va banknotalarda 4 kun yaşaşi mumkin. Virusning saqlanib qolişi uzoqligi xonadagi harorat va namlikka ham boğliq.













