Braziliyada koronavirus epidemiyasi avj olişi munosabati bilan bir neçta şaharda ilk bor karantin çoralari joriy etildi. Maranyan ştati ma'muriy markazi San-Luis va ştatning yana uçta şahrida 5 maydan boşlab öta zarur bölmagan har qanday faoliyat turi ön kunga töxtatildi. Bu haqda San-Luis sudi qarorida aytilmoqda.
Qayd etilişiça, San-Luisdagi davlat klinikalarining intensiv terapiya bölimlaridagi barça 112ta joy bemorlar bilan tölgan. Duglas di Melu Martins G1 internet portaliga intervyu berar ekan, "kimlardir ölayotganida boşqalar öyin-kulgi qilayotgani" sababli uşbu qarorni qabul qilganini aytdi.
Mamlakat soğliqni saqlaş vazirligining ma'lumotlariga köra, Braziliyada koronavirusga çalinganlar soni 85 mingdan oşgan, 5901 kişi vafot etgan. Köplab şaharlarda kasalxonalarda bemorlarga joy qolmagan, vafot etganlarni kömiş uçun umumiy qabrlar qazilmoqda.
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru esa vaziyatni hali ham jiddiy qabul qilmayapti va tezroq odatiy hayot tarziga qaytişni talab qilmoqda.
Bolsonaru 30 aprel kuni Portu-Alegri şahrida generallardan birining şarafiga uyuştirilgan marosimda qatnaşdi. Boşqa generallar marosim qahramoni bilan tirsaklari orqali körişgan bir paytda niqobsiz Bolsonaru barça bilan namoyişkorona tarzda qöl siqişib körişdi.
Avvalroq Jair Bolsonaru epidemiyani «kiçikroq gripp» deb atagan va ştatlar gubernatorlarini çeklov çoralari kiritgani uçun tanqid qilgandi.













