Buxoro viloyatida koronavirusga çalingan navbatdagi 25 nafar bemor töliq soğaydi. Ular viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi mas'ullari iştirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Soğayganlarni hududlar kesimida olinsa, Buxoro, Samarqand, Qaşqadaryo viloyatlari va Toşkent şahridan 4 nafar, Surxondaryo viloyatidan 3 nafar, Xorazm, Andijon, Namangan va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafar hamda Qirğiziston Respublikasining 2 nafar fuqarosi ham bor. Ularning 19 nafari erkak, 6 nafari ayol bölib, eng yoşi kattasi 55 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 15 yoş.
Buxoro viloyati böyiça şu paytga qadar 300 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 325 nafarga yetdi.
Toşkent tibbiyot akademiyasi köp tarmoqli klinikasidan 16 nafar bemor butkul soğaydi. Ular Soğliqni saqlaş vazirligi mas'ullar iştirokida Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.
Toşkent şahrida şu paytga qadar 364 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 380 nafarga yetdi.
Samarqand viloyatida 7 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor soğayib çiqdi. Ular viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi mas'ullari iştirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berişiça, bu viloyatda tuzalganlarning barçasi Samarqand viloyatidan (6 nafari Toyloq tumani, 1 nafari Samarqand tumani) bölib, koronavirus infeksiyasiga çalinganlar bilan muloqotda bölib, kasallikni yuqtirib olişgan. Ulardan 3 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ularning yoşi kattasi 70 yoşda, yoşi kiçigi esa 4 yoşli bola.
Viloyatda şu paytga qadar 14 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 21 nafarga yetdi.
Bugun ayni paytga qadar 49 nafar bemor tuzalib, mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan soğayganlar soni 1182 nafarni taşkil etmoqda.
Bundan avvalroq Qaşqadaryo viloyatida ham bir bemor soğayib, uşbu viloyat koronavirusdan xoli hududga aylangani xabar qilingandi.
Ayni vaqtda şifoxonalarda 884 kişi davolanmoqda.













