«2020 yil 1 may kuni soat 10:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2046 nafarni taşkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Bungaça 30 aprel kuni soat 23:00 holatiga köra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2039 nafarni taşkil etayotgani ma'lum qilingan edi.
Özbekistonda 15 martdan buyon koronavirusga çalingan bemorlarning 9 nafari vafot etdi, 1133 nafari esa soğaygan. Ayni vaqtda 904 kişi şifoxonalarda davolanmoqda.
Özbekistonda qatorasiga 9 kun davomida koronavirusdan soğayganlar soni kasallanganlar sonidan köp böldi, öninçi kuni ikki holat tenglaşdi - 30 aprel kuni yana 37 kişi soğaydi va 37 kişida virus aniqlandi.












