Ba'zi ota-onalar videodarslarni bizga aloqasi yöq bölgan boşqa telegram kanallari orqali kuzatib bormoqda. Boşqa telegram kanallari qaçon videolarni e'lon qilişiga javobgar emasmiz. Mazkur rasmiy kanallarimiz t.me/uzedu hamda t.me/uzeduonlinemaktab, öquvçilarga va ularning ota-onalariga mazkur kanalni kuzatib borişni tavsiya etamiz, deya ma'lum qildi Şerzod Şermatov.

Bugun, 2 may kuni AOKAda ta'lim sohasidagi sönggi yangiliklarga bağişlangan brifingda xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov onlayn darslarning videofayllari telegram kanallarida ertaroq qöyilmayotgani haqidagi savolga javob berdi.

“Avvalo, “onlayn-maktab” darslarini televideniye orqali köriş tavsiya etiladi, çunki bu bepul hamda internet talab qilmaydi. Darslarni özbek va rus tilida körilsa hamda qaytarilişini ham inobatga olinsa, kuniga 4 marotaba televideniye orqali körsa böladi. telegram, youtube, mover.uz va boşqa internetdagi kanallardan agar televideniye orqali darslarni ötkazib yuborilgan bölsagina, qöşimça sifatda köriş uçun foydalaniş mumkin”, - dedi Şerzod Şermatov.

U videodarslarni tayyorlaş, ularni köçirib olişi muayyan vaqt talab etilişini aytib ötdi.

“Videodarslarni tayyorlaş, efirga beriş ma'lum vaqt oladi. Bundan taşqari, tayyor fayllarni Xalq ta'limi vazirligiga internet tizimi orqali yetkazib beriladi. Videofayllarni köçirib olişga vaqt ketadi.

Bir kunlik darslarning hajmi örtaça 30-40 gigabaytni taşkil etmoqda. Ularni telegramga özini yuklasak, öquvçilar va ularning ota-onalari qiynaladi. Fayllarni hajmini kiçikroq qiliş uçun ma'lum bir vaqt talab qilinadi.

Bundan taşqari, ba'zi ota-onalar videodarslarni bizga aloqasi yöq bölgan boşqa telegram kanallari orqali kuzatib bormoqda. Boşqa telegram kanallari qaçon videolarni e'lon qilişiga javobgar emasmiz. Mazkur rasmiy kanallarimiz t.me/uzedu hamda t.me/uzeduonlinemaktab, öquvçilarga va ularning ota-onalariga mazkur kanalni kuzatib borişni tavsiya etamiz”, - dedi xalq ta'limi vaziri.