Soğliqni saqlaş vazirligidan ma'lum qilişlariça, poytaxtlik 24 yoşli U.B. birinçi homiladorligi böyiça oilaviy poliklinikada röyxatda turgan. Bundan oldin, 2017 yilda tuğma yurak nuqsoni tufayli yuragida murakkab jarrohlik amaliyoti ötkazilgan.

«U şu yilning 9 aprel kuni Toşkent şahar 4-son klinik şifoxonasining tuğruq bölimiga «Homiladorlik 1. 32-33 hafta. Ötkir respirator kasalligi» taşxisi bilan kelgan. Tibbiyot muassasasida koronavirus infeksiyasiga tekşiriş uçun surtma olingan. 10 aprel kuni tahlil natijasi musbat ekani aniqlangan.

Şundan söng homilador ayolga ixtisoslaşgan tibbiy yordam körsatiş maqsadida poytaxtimizdagi 3-son tuğruq kompleksiga oğir ahvolda ötkazilgan.

Tuğruq majmuasida tor mutaxassislardan: kardioxirurg, kardiolog, pulmonolog, infeksionist, terapevt, anesteziolog-reanematolog va akuşer-ginekologlar tomonidan ayol tibbiy körikdan ötkazilib, zaruriy tekşiruvlardan söng kerakli davolaş çora-tadbirlari belgilaşdi.

Kardioxirurg tomonidan tuğruqni jarrohlik yöli bilan amalga oşiriş tavsiya qilindi. Bugun ertalab bemor ayol vazni 3 150 gramm, böyi 52 santimetr bölgan öğil bola çaqaloqni dunyoga keltirdi.

Fidoyi şifokorlarimizning tajribasi sabab murakkab  jarrohlik amaliyoti asoratsiz ötib, muvaffaqiyatli yakunlandi», – deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, hozirda ayolning va yangi tuğilgan çaqaloqning ahvoli yaxşi, ular şifokorlarning qat'iy nazorati ostida.