“Joriy yilgi sinovli damlar butun dunyo ahlini bir-birlariga mehr-oqibatli bölişni, barça insoniy fazilatlarni yanada mustahkamlaşga turtki böldi, desak mubolağa bölmaydi.

Mamlakatimiz fuqarolari yurtimizda koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini oliş böyiça amalga oşirilayotgan işlarda xalqimizning birdamligini, hamjihatligini va albatta, neçoğli saxovatpeşaligini namoyon etayotgan bölsa, kuni keça Sardoba suv omborida yuz bergan falokatni bartaraf etiş va talofat körganlarga yordam körsatişda yana bir bor isbotlamoqdalar.

Xalqimizga xos mehr-muruvvat, bağrikenglikning bunday noyob ijtimoiy xususiyati, öylaymanki, dunyoning biron nuqtasida yöq. Xalqimizning buyukligi xam mana şunda aziz yurtdoşlar, bunga tarix köp marotoba guvoh bölgan.

Sizning bugungi körsatayotgan haqiqiy özbekona bağrikengligingiz, mehr-muruvvatingiz, beminnat yordamingiz körilgan talofatlarni bartaraf etişda madad böladi. Ayniqsa, falokatdan aziyat çekkan şaxslarga yetib borib, köngillarini xuşnud etişi şubhasiz.

Xolis niyatda amalga oşirayotgan kömaklaringiz bilan hozirgi paytda moddiy va ma'naviy madadga muhtoj bölgan kişilarning dillariga malham baxşida etmoqdasiz. Bu harakatlaringiz ğoyat tahsinga sazovordir.        

Oliy himmatligingiz uçun Sizga ming bora taşakkur!”, deyiladi Sirdaryo viloyati hokimi tomonidan yöllangan murojaatda.  

Eslatib ötamiz, 1 may kuni Sirdaryo viloyatida joylaşgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv çiqişi yuzaga keldi. Oqibatda Sardoba tumani Qörğontepa aholi yaşaş punktiga suv kirgan. Uşbu hodisadan asosan ekin maydonlariga jiddiy zarar yetgan.

Hodisa oqibatida minglab kişilar qöşni hududlarga, jumladan, Jizzax viloyatiga evakuatsiya qilindi.

Hozirda Sirdaryo viloyatiga Özbekistonning turli hududlaridan insonparvarlik yordamlari yetkazilmoqda.