Gumanitar yordam ortilgan birinçi yuk maşinalari Toşkent şahridan jönab ketdi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.
“Oziq-ovqat mahsulotlari, zarur iste'mol tovarlari töplami bilan köp bolalik oilalar, nogironligi bor şaxslar, keksalar ta'minlanadi. Bu Adliya vazirligining “Salom Sardoba, biz birgamiz” xayriya aksiyasi dasturi doirasida amalga oşirilajak tadbirlardan biridir”, deyiladi xabarda.


Evakuatsiya qilingan fuqarolarning bir qismi yuridik kollejlarga joylaştirildi. Ular uçun dam oliş va uxlaş joylari, issiq ovqat, tibbiy yordam olişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratilgan. Xususan, Oqoltin tumanining Sardoba şaharçasi hamda Mirzaobod tumanining Yoşlar qişloği fuqarolaridan 500 nafari, şu jumladan 200 nafar voyaga yetmaganlar Sirdaryo viloyati yuridik kolleji binosiga joylaştirildi. Vazirlik rahbariyati Sirdaryo viloyatida bölib, joylarda aholi bilan uçraşmoqda.

Bundan taşqari, Sardobada keçagi falokatdan jabr körganlarga ijtimoiy kömaklaşiş maqsadida vazirlik tomonidan xayrli işlar amalga oşirilişi rejalaştirilmoqda. Bunda xorijiy va milliy hamkorlardan mablağ yiğiş uçun homiylar jalb etiş, yoşlardan iborat köngillilar guruhini taşkil etiş, fuqarolar murojaatlarini qabul qiliş uçun maxsus telegram-bot yaratiş, adliya organlari va muassasalari mutaxassislarini jalb qilgan holda vaziyatdan kelib çiqib, huquqiy maslahat berişga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Xayriya faoliyatida Davlat xizmatlari agentligi ham faol iştirok etmoqda. Tez orada davlat xizmatlari markazlari tomonidan joyiga çiqib bepul xizmatlar körsatiş yölga qöyiladi.


Ma'lumot uçun, 1 may kuni Samarqanddan Sirdaryoga jami 100ta maşinada turli xil mahsulotlardan iborat insonparvarlik yordamlari yuborilgandi.
Şuningdek, Toşkentdagi bir guruh köngillilar tezkorlik bilan «Sirdaryoliklarga yordam» guruhi ostida


















