Ğofurjon Ğaniyeviç Mirzayev boş vazir örinbosari – Özbekiston mahallalari uyuşmasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Ğofurjon Mirzayev nomzodi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan.
Mirzayev muqaddam Sirdaryo viloyatiga hokimlik qilgan. 2022-yil noyabrida prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi etib tayinlangan, 2023-yil avgustidan boşlab lavozimi prezidentning kadrlar siyosati böyiça maslahatçisi deya özgartirilgan.
U yangi lavozimda Qahramon Quronboyev örnini egalladi. Quronboyev Mahallalar uyuşmasi raisligiga 2024-yil yanvar oyida saylangan va öşa vaqtda yangi tuzilgan uyuşmaning ilk rahbari bölgandi. U muqaddam prezident maslahatçisi, Yoşlar ittifoqi raisi kabi lavozimlarda işlagan.








