Özbekiston Mahallalar uyuşmasi raisi Qahramon Quronboyev lavozimini tark etdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Manbaga köra, uning örnini prezident maslahatçisi Ğofurjon Mirzayev egallaşi mumkin.

Qahramon Quronboyev Mahallalar uyuşmasi raisligiga 2024-yil yanvar oyida saylangan va öşa vaqtda yangi tuzilgan uyuşmaning ilk rahbari bölgandi. U muqaddam prezident maslahatçisi, Yoşlar ittifoqi raisi kabi lavozimlarda işlagan.

Ğofurjon Mirzayev qariyb 4 yildan buyon davlat rahbarining maslahatçisi sifatida işlab keladi. U 2022-yil noyabrida Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etilib, prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi etib tayinlangan, 2023-yil avgustidan boşlab lavozimi prezidentning kadrlar siyosati böyiça maslahatçisi deya özgartirilgan.