Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanida öquvçilar sinfxonadagi monitorda musiqiy videoklip tomoşa qilgani uçun maktab rahbariyati jazolandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, holat Sardoba tumanidagi 5-son umumta’lim maktabida sodir bölgan. Öquvçilar darsdan böş vaqtida nazoratsiz qoldirilgan. Ular sinfxonadagi monitorda musiqiy videoklip tomoşa qilgan, unda behayo lavhalar bölgani aytilmoqda. Keyinçalik holat tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Xabarga köra, «öquvçilarni nazoratsiz qoldirgani uçun» sinf rahbari, maktab direktori, direktorning öquv işlari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosarlari bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan.
Ta’kidlanişiça, bu kabi salbiy holatlarning oldini oliş maqsadida barça umumta’lim maktablarida «Maktab, ota-ona, mahalla» hamkorligini yanada kuçaytiriş böyiça tegişli çora-tadbirlar belgilan.









