Prezident matbuot xizmati xabariga köra, davlat rahbarlari mamlakatlar örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaşning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Özbekiston va Qirğiziston hukumatlarining koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşda yaqindan hamkorlik qilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Mamlakatlarda uşbu xavfli kasallik tarqalişining, avvalo, savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy oqibatlarini kamaytiriş borasida körilayotgan çora-tadbirlar qöllab-quvvatlandi.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşining navbatdan taşqari sammitida qabul qilingan qarorlarga muvofiq soğliqni saqlaş va transport vazirliklari rahbarlarining taşkil etilgan köp tomonlama maslahatlaşuvlari natijalari yuksak baholandi.
Prezidentlar Özbekistonda Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etiş bilan boğliq masalalarni ham körib çiqdilar.
Muloqot yakunida özaro tovar ayirboşlaşning yuqori sur'atini saqlaş, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiyani kengaytiriş, ustuvor investitsiya va infratuzilma, şu jumladan mintaqaviy ahamiyatdagi loyihalarni ilgari surişga qaratilgan birgalikdagi işlarni faol davom ettirişga kelişib olindi.
Suhbat çoğida qator xalqaro masalalarga ham töxtalib ötildi, deyiladi xabarda.












