Vena aeroportida koronavirusga testdan ötkaziş böyiça pullik servis işga tuşdi. 31 mayga qadar Avstriyaga kelayotgan har bir yölovçida koronavirusga testdan ötgani töğrisida köpi bilan tört kun oldin olingan ma'lumotnoma  bölişi yoki 14 kunlik majburiy karantinga yöl olişi kerak böladi.

Bunday ma'lumotnomaga ega bölmaganlar va karantinga jönaşni xohlamaydiganlar uçun esa aeroportda ekspress-testdan ötiş taklif qilinmoqda. Xizmat narxi 190 yevro turadi.

Natija ikki-uç soatda çiqişi aytilmoqda.

Aeroport ma'muriyatining fikriça, yangi xizmatga Venadan xalqaro yönalişlarda parvoz qiladigan yölovçilarda ham talab katta böladi. Hozirda aeroportdan Doha, Dortmund, Dyusseldorf, Frankfurt, Hamburg, Lissabon, Minsk va Sofiyaga muntazam reyslar amalga oşirilmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, Avstriyada koronavirusga çalinganlar soni 15,6 mingdan oşgan, 608 kişi vafot etgan.