«Şu soatlarda yurtimizning yana ikki hududidan: Xorazm viloyatida 14 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, jami 21 nafar bemor butunlay soğayib, reabilitatsiyaga kuzatildi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.

Xorazmda tuzalganlarning barçasi Rossiyadan charter reys bilan olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangaç, şifoxonaga joylaştirilgan. Ularning 11 nafari erkak, 3 nafari ayol bölib, eng yoşi kattasi 81 yoşli otaxon bölsa, eng yoşi kiçigi 16 yoş.

Viloyatda şu paytga qadar 153 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 167 nafarga yetdi.

Andijonda tuzalganlarning 5 nafari erkak, 2 nafari ayol bölib, eng yoşi kattasi 53 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 15 yoşda.

Viloyatda şu paytga qadar 126 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 133 nafarga yetdi.

Şunday qilib, bugunning özida 76 nafar bemor tuzalib, mamlaka böylab koronavirus infeksiyasidan butunlay soğayganlar soni 1577 nafarni taşkil etmoqda.

Sönggi ma'lumotlarga köra, Özbekistonda koronavirusdan zararlaniş holatlari soni 2231tani taşkil qilib, soğaygan va vafot etganlardan taşqari, jami 644 nafar bemor davolanmoqda.