Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi suv omborida yuz bergan falokat oqibatida jabr körgan yurtdoşlarimizni ruhan qöllab-quvvatlaş, ularga har tomonlama yordam körsatiş dolzarb ijtimoiy ahamiyatga ega.
Prezidentimiz boşçiligida bu masalada tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Xavfli hududdan evakuatsiya qilingan aholiga oziq-ovqat va boşqa eng muhim vositalar yetkazib berilmoqda. Ular tezroq uyiga qaytişi uçun barça kuç va imkoniyatlar safarbar etilgan.
Qiynalganlarga har tomonlama madad böliş, murakkab kunlarda yelka tutişga oşiqqan vatandoşlarimiz safi kundan-kun kengayayotgani köngilni kötaradi. Xalqimiz örtasidagi hamjihatlik har qanday qiyinçiliklarni yonma-yon turib yengib ötişga asos böladi.


Şuning uçun Xalq demokratik partiyasi dasturiy maqsadlariga muvofiq tarzda falokatdan jabr körgan sirdaryoliklarni qöllab-quvvatlaşga alohida e'tibor qaratmoqda.
Senator, deputatlar va el-yurt hurmatini qozongan partiya faollaridan iborat işçi guruhlar tuzilgan. Ular aholi bilan yuzma-yuz uçraşib, ijtimoiy masalalarni örganib, hol sörab, ruhiy madad berişmoqda. Mahalliy Kengaş deputatlari falokat oqibatlarini bartaraf etiş bilan boğliq barça jarayonlarda faol iştirok etişmoqda.
Masalan, S.Muhammadiyev özi rahbarlik qilayotgan Guliston olimpiya zaxiralari kolleji yotoqxonasida 50 ta oila uçun yotoq joylarini taşkil etib, ularning yaşaş şaroitidan xabardor bölib turibdi. Özbekiston XDP Sirdaryo viloyat kengaşi raisi örinbosari B.Eşmirzayev talafotdan aziyat çekkan oila vakillarini öz uyiga joylaştirgan bölsa, J.Allayarova, N.Ermatova 10 ta oilani homiylikka oldi.
Partiyamizning Oqoltin tumani faollari Ğ.Ahmedov, R.Ahmedov, E.Boboyev, X.Buriyeva, D.Bahromovlar evakuatsiya qilingan 15 ta oilani homiylikka olib, kundalik zarur mahsulotlar yetkazib beryapti. G.Boymirzayeva F.Suvanov xonadoniga keltirilgan 36 nafar yurtdoşimizni oziq-ovqat va gigenik vositalar bilan ta'minlayapti.


Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi qiyin vaziyatga tuşib qolgan oilalar uçun körpa-yostiq, kiyim-keçak, rözğor buyumlari va tozalaş vositalari yetkazib berdi.
Deputatlar, mahalla raislari va faollar mahsulotlarni bevosita ehtiyojmand oilalarga tarqatib çiqdi.
Deputatlarimiz, partiyamiz faollari falokatdan zarar körgan oilalarni tizimli qöllab-quvvatlaşni, ular bilan doimiy muloqotda bölib, yuzaga kelgan ijtimoiy masalalarni mutasaddi taşkilotlar bilan birga qisqa vaqt içida hal etib berişni niyat qilgan.
Xalq boşiga bunday sinovlar yuz yilda, ehtimol ming yilda bir marta kelar. Bir-birimizni e'zozlab, asrab-avaylasak, har qanday sinovdan yuruğ yuz bilan çiqamiz.
Xalq demokratik partiyasi
Axborot xizmati











