Afğon naşrlarining yozişiça, muhojirlar mamlakat ğarbidagi Hirot viloyatidan qöşni davlatga noqonuniy kirişga uringan paytda Eron çegaraçilari tomonidan qölga olingan. Ma'lumotlarga köra, harbiylar çegaradan noqonuniy ötişga uringan afğonistonliklarni kaltaklab, söng daryoga uloqtirib yuborgan. Oqibatda muhojirlarning ayrimlari halok bölgan.

Eron rasmiylari bu ayblovlarni rad etmoqda. Mamlakat Taşqi işlar vazirligi vakili voqea Eronda emas, Afğoniston hududida bölganini aytmoqda. Eron çegara xizmati rasmiylari ham mamlakat çegaraçilari voqeaga aloqador emasligini bildirgan.

Yetti muhojir bedarak yöqolgan

Muhojirlarni Gerirud daryosiga uloqtirişgani aytilmoqda / GETTY IMAGES

Eron çegara xizmati rasmiylari tomonidan çegarani buzib kirayotgan paytda neça nafar afğonistonlik qölga olingani haqida ma'lumot berilmagan. Ular faqat çegarani buzib ötgan afğonistonlik muhojirlar bir neça ön nafar bölganini aytmoqda. Muhojirlardan kamida yetti nafari bedarak yöqolgan. Ularni qidiriş işlari davom etmoqda. Qutqaruvçilar bedarak yöqolgan odamlarni daryodan qidirmoqda.

Afğoniston inson huquqlari böyiça komissiyasi ma'lumotiga köra, mahalliy rasmiylar komissiyaga Eron xavfsizlik xizmati iş qidirib mamlakat çegarasini kesib ötmoqçi bölgan bir guruh afğon muhojirlarini hibsga olganini aytgan.

«Şundan söng Eron çegaraçilari qölga olingan afğonistonliklarni ortga qaytişga majbur qilib, Geridud daryosiga uloqtirişgan (uşbu daryo har ikki davlat çegarasi böylab oqadi). Natijada bir neça kişi daryoning narigi sohiliga suzib ötgan, yana bir neça kişi çökib ketgan», deyiladi Afğoniston inson huquqlari böyiça komissiya xulosasida.

Hodisa joyida bölgan va Eron çegaraçilari daryoga uloqtirgandan söng orqaga qaytib, daryoni suzib ötgan muhojirlardan biri Şir Oğaning Reuters’ga ma'lum qilişiça, Eron çegaraçilari muhojirlarni orqaga qaytariş uçun daryoga tuşişga majburlar ekan, agar kim daryoga tuşmasa, otib öldirişlarini aytişgan.

Har kuni yuzlab afğonlar iş izlab Eron bilan çegarani kesib ötişadi / REUTERS

Afğonistonlik yana bir muhojir Şoh Valining sözlariga köra, eronliklar ularni avval kaltaklaşgan, oğir işlarni bajarişga majburlaşgan. «Şundan söng bizni mikroavtobusga ötqizib daryoga olib borişdi va suvga uloqtirişdi», deydi u.

Eronda 3 millionga yaqin qoçqinlar va yollanma işçilardan iborat afğonistonliklar yaşaydi. Har kuni yuzlab afğonlar iş izlab Eronga ötişadi. Koronavirus tarqala boşlaşi bilan Eronda bölib turgan afğonistonliklar ommaviy tarzda öz uylariga qaytişga majbur bölişdi.

Bugun Eronda koronavirus yuqtirganlar soni 100 mingdan oşgan. Koronavirus yuqtirgan ilk afğonistonlik ham Erondan kelgandi. Eron hukumati mamlakatda karantin çoralarini yengilaştira boşlaşi ortidan afğonistonliklar yana Eronga qayta boşlagan. Ularning aksariyati odatda Eron çegarasini noqonuniy tarzda kesib ötişga urinadi.

Afğoniston rasmiylari koronavirus sabab murakkab bölib turgan vaziyatda Eron bilan diplomatik mojaro keltirib çiqarişi mumkin bölgan çegaradagi hodisadan xavotirda ekanliklarini bildirişgan.

Hirot gubernatori tvitterdagi sahifasida Eron rasmiylariga qarata şunday degan: «Bizning odamlar şunçaki daryoga uloqtiriş mumkin bölgan buyumlar emas. Hali biz siz bilan hisob-kitob qiladigan vaqt ham keladi».