Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lum qildi.
Kim Çen In öz murojaatida Xitoyning muvaffaqiyatlaridan xuddi öziniki kabi xursandligini aytgan va Si Tszinpinning epidemiologik vaziyat ustidan örnatgan taktik va strategik nazoratini qayd qilib ötgan.
Şuningdek, Şimoliy Koreya yetakçisi xitoylik hamkasbiga mustahkam soğliq tilagan va Xitoy koronavirusga qarşi kuraşda erişgan yutuqlarini yanada mustahkamlay olişiga va yakuniy natijada “Si Tszinpinning dono rahbarligi ostida” ğalabaga erişişiga işonç bildirgan.
Kim Çen Inning fikriça, Şimoliy Koreya va Xitoy partiyalari örtasidagi munosabatlar tarixning turli sinovlari va çaqiriklarini yengib, yanada mustahkam köriniş olgan.
Murojaat Xitoy yetakçisiga qanday yetkazilgani ma'lum qilinmagan.
Xitoyda oxirgi kun içida koronavirusga çaliniş böyiça bor-yöği bitta holat qayd etildi.













