«2020 yil 8 may soat 15:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2324 nafarni taşkil qilmoqda», deyiladi xabarda.

Samarqand viloyatida 17 nafar bemor koronavirusdan butunlay soğaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Tuzalganlarning barçasi Samarqand viloyatidan (5 nafardan Samarqand şahri va Toyloq tumanidan, 2 nafardan Oqdaryo va Payariq tumanidan, Pastdarğom, Narpay va Samarqand tumanlaridan 1 nafardan) bölib, koronavirus infeksiyasiga çalinganlar bilan muloqotda bölib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 10 nafari erkak, 7 nafari ayol, yoşi kattasi 52 yoşda bölsa, yoşi kiçigi esa 2019 yil tuğilgan çaqaloq.

Viloyatda şu paytga qadar 52 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 69 nafarga yetdi.

  • Sönggi haftalarda Özbekistonda koronavirusdan tuzalayotganlar soni yangi kasallaniş holatlaridan köp bölmoqda.
  • 7 may kuni jami 65ta yangi zararlaniş holati qayd etilib, 79 bemor tuzalgandi. Bugun hozirça 26ta yangi zararlaniş holati qayd etilib, 82 bemor tuzaldi. 
  • Şu vaqtgaça bemorlarning 1738 nafari tuzalgan, 10 kişi vafot etgan, ayni vaqtda 576 kişi şifoxonalarda qolmoqda.