Venesuelaga noqonuniy ravişda kirişga uringan çoğida qölga olingan AQŞ fuqarolari boşqa gumondorlar singari terrorizm işi böyiça ayblanuvçiga aylanadi. Bu haqda Venesuela boş prokurori Tarek Vilyam Saab ma'lum qildi.
"AQŞning qölga olingan fuqarolariga terrorizm, fitna, noqonuniy qurol kontrabandasi va jinoiy uyuşma tuziş ayblovlari qöyiladi", - dedi Saab.
Uning sözlari Venesuela boş prokuraturasining rasmiy Twitter sahifasida keltirilmoqda.
Saabning sözlariga köra, mamlakatga noqonuniy kirişga urinişda iştirok etgan Venesuela fuqarolari esa sud oldida terrorizm, xorijiy hukumat fitnasida qatnaşiş, vatanga xiyonat, qurol kontrabandasi, terrorizmni moliyalaştiriş va jinoiy uyuşma tuziş ayblovlari böyiça javob beradi.
Venesuela içki işlar vaziri Nestor Reverol 3 may kuni dengiz tomondan kolumbiyalik jangarilar hujumi qaytarilganini ma'lum qilgandi. Ma'lumotlarga köra, jangarilar Venesuelaga tezyurar katerlarda bostirib kirmoqçi bölgan. Keyinroq hujumni qaytariş vaqtida 8 kişi qölga olingani, 2 kişi yöq qilingani ma'lum qilingan.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning ma'lum qilişiça, hujum iştirokçilari orasida ikki amerikalik - AQŞ prezidenti şaxsiy qöriqlaş xizmati xodimlari bölgan.
Maduro davlat televideniyesi efiri orqali ularning Lyuk Aleksandr Denman va Ayran Berri nomlariga rasmiylaştirilgan hujjatlarini namoyiş etgan.
“Biz Venesuelaga yetib borib, Karakasga tuşişimiz va aeroportni bosib olişimiz kerak edi. Biz olgan körsatmalar prezident Maduroni samolyotga xavfsiz ötkazişni ta'minlaş uçun aeroportni bosib olişni öz içiga olgan”, deb aytgan Denman söroq çoğida.












