«Yurtimizda koronovirus infeksiyasiga gumonlangan fuqarolar yoki uşbu kasallikka çalingan bemorlar, jumladan,  homilador, tuğruqdagi va tuqqan ayollarni davolaşga ham  alohida ahamiyat berilmoqda. Ularga koronavirus infeksiyasi taşxisini qöyiş va davolaşda Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining tavsiyalari asosida yagona tizim hamda uslubiy yondaşuv joriy etilgan», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.

Vazirlik matbuot xizmati koronavirus infeksiya tarqalişining oldini oliş böyiça karantin e'lon qilingan kundan ayni paytga qadar karantin nazoratiga olingan 1961 nafar homilador ayol böyiça hududlar kesimida ma'lumot berdi: 
Namangan viloyatida 1229 nafar;
Samarqand viloyatida 238 nafar; 
Toşkent şahrida 134 nafar;
Toşkent viloyatida 129 nafar;
Farğona viloyatida 72 nafar;
Surxondaryo viloyatida 48 nafar;
Qaşqadaryo viloyatida 36 nafar;
 Qoraqalpoğiston Respublikasida 34 nafar; 
Xorazm viloyatida 27 nafar;
Buxoro viloyatida 11 nafar;
Jizzax viloyatida esa 3 nafar.

Koronavirus infeksiyasi böyiça karantin nazoratiga olingan va tibbiy yordamga muhtoj bölgan 338 nafar homilador ayolga şoşilinç tibbiy yordami körsatilgan. Ötgan davrda joylarda jami 30 nafar homilador ayolda koronavirus infeksiyasi aniqlangan:
Toşkent şahrida 7 nafar; 
Namangan viloyatida 5 nafar;
Samarqand viloyatida 5 nafar;
Buxoro viloyatida 3 nafar;
Qoraqalpoğiston Respublikasida 3 nafar;
Andijon viloyatida 2 nafar;
Farğona viloyatida  2 nafar;
Toşkent viloyatida 2 nafar;
Xorazm viloyatida 1 nafar.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasiga çalingan homiladorlardan 22 nafari butunlay soğaygan. Qolgan 8 nafarida samarali davolaş muolajalari olib borilmoqda.

Ma'lumot uçun, Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan homiladorlarga öz vaqtida sifatli ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatiş uçun 340 şifo-öringa ega 13ta tuğruq komplekslari hamda infeksiya bilan kasallanganlar bilan muloqotda bölgan homilador ayollarni statsionar karantini uçun esa 740 şifo-öringa ega 14ta tuğruq komplekslari faoliyati yölga qöyilgan.