«2020 yil 10 may soat 22:30 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2418 nafarni taşkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
21 apreldan beri yangi zararlaniş holatlari soni tuzalganlar sonidan kam bölayotgandi. 9 may kuni jami 24ta yangi holat qayd etilib, 71 nafar bemor tuzalgandi.
Bugun jami 69ta yangi holat aniqlanib, 35 bemor tuzaldi.
Şu vaqtgaça mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan butunlay soğayganlar soni 1881 nafarni taşkil etmoqda, ayni vaqtda şifoxonalarda 527 bemor davolanmoqda.













