Unga köra, qurilişga ajratilgan budjet mablağlaridan maqsadli foydalaniş böyiça ötkazilgan nazorat tadbirlari davomida 75 mlrd söm talon-toroj qilingani aniqlangan. Natijada 300 nafar aybdor şaxs jazoga tortilgan.
«Investitsiya dasturiga kiritilgan 1379ta quriliş loyihasi qayta ekspertizadan ötkazilib, 1 trln söm budjet mablaği iqtisod qilinişi ta'minlandi», – deya Boş prokurorning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinişiça, budjet muassasalarida homiladorlik va tuğiş nafaqalari ajratişda ham köplab qonunbuzarliklar aniqlangan.
«Respublikadagi 1275ta muassasada homiladorlik va tuğiş nafaqalari uçun ajratilgan budjet mablağining 3 mlrd sömdan ortiği talon-toroj qilingan. Zararni undiriş va aybdorlarni jazolaş böyiça çoralar körildi.
Şuningdek, nazorat tadbirlari davomida respublika böyiça 300 nafardan ziyod voyaga yetmaganlar uçun javobgar şaxslarning yöqligi ma'lum böldi, ularga vasiy va homiy tayinlaş böyiça kerakli çoralar körildi», dedi Niğmatilla Yöldoşev.
Quriliş sohasidagi korrupsiya: davlat qanday çoralar körmoqçi? — Şerzod Hidoyatov bilan suhbat









