Foto: Oliy Majlis Senati Axborot xizmati

Özbekiston Boş prokurori Niğmatilla Yöldoşev Senat yalpi majlisida axborot berdi.

Uning sözlariga köra, 2019 yilda prokuratura tizimida 100 nafar xodim, şu jumladan 30 nafar rahbar kadr «korrupsiyaga moyilligi sababli» işdan böşatilgan.

Bundan taşqari, öz xizmat vazifasini uddalay olmagan 282 nafar xodim, jumladan, 119 nafar rahbar lavozimidan ozod etilgan.

Şuningdek, tizimdagi 15 nafar xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan.

«Sohadagi muhitni soğlomlaştiriş, prokuraturani korrupsiyadan xoli tizimga aylantiriş borasidagi işlar joriy yilda ham davom ettiriladi», – dedi Niğmatilla Yöldoşev.

Boş prokuror axborotiga köra, tizimdagi xodimlarning 45 foizini yoşlar taşkil etadi; ularga iş örgatadigan murabbiylar yetişmagani uçun boy berilgan ustoz-şogird an'analarini tiklaşga harakat qilinmoqda.

«Öz xohişiga köra böşagan 40ga yaqin xodimni işga qaytarib, yetarli malakaga ega murabbiylar faoliyati yölga qöyildi. Şu yönalişda suyagi qotgan kadrlarni qaytardik.

Kadrlarni tanlaş va tayinlaşdagi markazlaşgan, sub'yektiv yondaşuvga qarşi çoralar körildi. Har bir xodim salohiyati va malakasidan kelib çiqqan holda lavozimga tayinlanadi», – dedi u.

Yöldoşevning qöşimça qilişiça, prokuratura tizimi töliq elektron şaklga ötkazilgan, «natijada faqatgina qoğozdan bir oyda qariyb 200 mln söm, bir yilda 3,5 mlrd söm mablağ tejalgan».