2020 yil 13 may kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Şanhay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar taşqi işlar vazirlarining videokonferensiya şaklidagi uçraşuvida iştirok etadi.

TIV xabariga köra, ŞHT taşqi siyosat idoralari rahbarlari taşkilot doirasidagi bölajak tadbirlarga tayyorgarlikning borişini muhokama qiladilar.

Şuningdek, yangi koronavirus infeksiyasi pandemiyasi şaroitidagi hamkorlikning holati va istiqbollari böyiça fikr almaşiladi.

Bundan taşqari, ŞHT tomonidan Afğonistondagi siyosiy vaziyatni tinç yöl bilan hal qilişga kömaklaşiş masalalari ham alohida körib çiqiladi, deyiladi xabarda.