Amsterdamdagi Mediamatic ETEN restorani 1 iyundan Serres Séparées (fransuzçadan tarjima qilinganda «alohida issiqxona» ma'nosini bildiradi) loyihasini işga tuşiradi.  

Joylarga 21 maydan buyurtma beriş mumkin. Ammo Mediamatic ETEN hukumatdan oçiliş uçun rasmiy ruxsatnomani hozirça olgani yöq.  

Mediamatic ETEN «issiqxonalar» yordamida xodimlar va mijozlar örtasidagi muloqotni kamaytirmoqçi. Bitta kabinkaga uç kişigaça joylaşişi mumkin. Ofisiantlar himoya ekrani va qölqoplar bilan ta'minlangan bölib, taomni uzun yoğoç patnislarda berişadi.

Restoranning bildirişiça, «issiqxonalar» pandemiyadan ança avval sotib olingan bölib, ulardan badiiy markazning art-loyihalarida foydalanilgan.

Niderlandiyada 1 iyundan muzey, restoran va teatrlar oçiladi. Oxirgi ma'lumotlarga köra, mamlakatda koronavirusga çalinganlar soni 43 mingdan oşgan.