«2020 yil 15 may soat 10:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2652 nafarni taşkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

7 nafar yangi kasallaniş holatining 3 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 4 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bölgan fuqarolar orasidan aniqlandi. Xorijdan kelib, kasallaniş qayd etilgan 3 nafar fuqaro 9 va 13 may kunlarida Tojikistondan kelgan va karantinga olingan.

14 may kuni Özbekistonda jami 33ta yangi zararlaniş holati qayd etildi va 60 nafar bemor tuzaldi.

  • Şu vaqtgaça 2136 kişi koronavirus infeksiyasidan butunlay soğaydi. Hozirda şifoxonalarda 505 bemor davolanmoqda va ularning 8 nafari oğir ahvolda.

Boş davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning ma'lum qilişiça, Ayni paytda 46 mingdan ortiq fuqaro karantin muddatlarini ötyapti. Ularning 15 mingdan ortiqroği statsionar şaroitida, qolgan 31 ming nafari uy şaroitida karantin tadbirlari bilan qamrab olingan.

Şuningdek, Respublikadagi mavjud virusologik laboratoriyalarda 460 mingtadan ortiq test sinovlari ötkazildi. Keçagi kunning özida 14,7 mingdan köproq virusologik tekşirişlar ötkazildi.