Bir oyça avval Braziliya soğliqni saqlaş vaziri etib tayinlangan Nelson Teyş iste'foga çiqdi. Bu haqda mamlakat ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Xabarda aytilişiça, vazir iste'foga çiqqani töğrisida WhatsApp orqali ma'lum qilgan.
Keyingi paytda Teyş va Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru örtasida ijtimoiy izolyatsiya va koronavirusga çalinganlarni davolaşda xloroxin dorisidan foydalaniş borasida kelişmovçiliklar paydo bölgandi.
Bolsonaru ayrim tibbiy tadqiqotlar xloroxinning samarasizligini körsatgan bölsa-da, bu doridan foydalanişni qöllab-quvvatlagandi.
Teyş soğliqni saqlaş saqlaş vaziri lavozimida bir oy ham işlamagan ikkinçi mansabdor böldi.
Bolsonaru 16 aprelda koronavirusga qarşi kuraşiş strategiyasi böyiça bir neça hafta davomida kelişa olmaganidan söng Enrik Mandettani iste'foga çiqargandi.
Avvalroq Jair Bolsonaru epidemiyani «kiçikroq gripp» deb atagan va ştatlar gubernatorlarini çeklov çoralari kiritgani uçun tanqid qilgandi.
U 30 aprel kuni Portu-Alegri şahrida generallardan birining şarafiga uyuştirilgan marosimda qatnaşdi. Boşqa generallar marosim qahramoni bilan tirsaklari orqali körişgan bir paytda niqobsiz Bolsonaru barça bilan namoyişkorona tarzda qöl siqişib körişdi.
Worldometer sayti ma'lumotlariga köra, Braziliyada 208 mingdan ortiq kişi koronavirusga çalingan, 14 mingdan ortiq kişi vafot etgan.













