Poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 3 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida 24 nafar, jami 27 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor butunlay soğaydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.
Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasidan soğayganlarning barçasi Toşkent şahridan va koronavirus infeksiyasiga çalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlardan 1 nafari erkak, 2 nafari ayol. Ular orasida eng yoşi kattasi 31 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 11 yoşda.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida tuzalganlarning 4 nafari kasallikni koronavirus infeksiyasiga çalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. Qolgan 20 nafar fuqaro esa çet eldan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangaç, klinikaga yotqizilgan. Ulardan 21 nafari erkak, 3 nafari ayol bölib, eng yoşi kattasi 60 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 4 yoşda.
Toşkent şahrida şu paytga qadar 682 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ular 709 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan butunlay soğayganlar 2195 nafarni taşkil etmoqda.












