Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Ramazon oyidagi muborak keça - Qadr keçasi munosabati bilan 1402 nafar mahbusni afv etiş töğrisidagi farmonga imzo çekdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar berdi.

Hujjatga muvofiq, ozodlikdan mahrum etiş jazosiga va yaşaş joyini tark etişni çeklaş tarzidagi jazoga mahkum etilgan 1192 nafar turkmanistonlik va 210 nafar xorij fuqarolari jazoni ötaşdan ozod qilingan.

Köpçilik ulamolar nazdida Laylatul Qadr keçasi (Laylatul Qadr) Ramazonning 26-kunidan 27-kuniga ötar keçasidir.

U ming oydan yaxşiroq keçadir, deyiladi. Agar bu hisob-kitob qilib körilsa, taxminan, 83,3 yilga töğri keladi. Mana şu keçada qilinadigan ibodatlar, zikrlar, salovotu tasbehlar, duolar ana şunday vaqt kengligini qamrab oladi. Bu, şu muborak keçada qilingan ibodatlar şunça yil davomida bajarilgan ibodat savobidan afzal, deganidir.