XXR hukumati pandemiya tugamaguniça koronavirus paydo bölişi va tarqalişi yuzasidan suriştiruv ötkazişga erta deb hisoblaydi. Hozirda asosiy vazifa butun dunyoda virusga qarşi birgalikda kuraşiş, dedi Xitoy taşqi işlar vazirligi vakili Çjao Litszyan.

"Köplab davlatlar pandemiya hali tugamagan deb hisoblaydi va hozirda asosiy vazifa virusga qarşi birgalikda kuraşiş. Zudlik bilan suriştiruv ötkazişni vaqti emas", - dedi u.

Avvalroq Avstraliyaning koronavirus tarqalişi sabablarini mustaqil örganiş töğrisidagi çaqiriğini 110dan ortiq davlat qöllab-quvvatlagani xabar qilingandi.

The Australian naşrining yozişiça, mamlakat taşqi işlar vaziri Maris Peyn "jahon kelgusida bunday halokatlarning oldini olişi uçun pandemiya keltirib çiqargan inqiroz holatlari böyiça savollarga javob olişni istaydi" degan.

Kanberraning taklifini 116ta davlat qöllab-quvvatlagan.

Sönggi ma'lumotlarga köra, dunyo böyiça koronavirusga çalinganlar soni 4,8 milliondan oşgan, 316 mingdan ortiq kişi vafot etgan.