Bugun, 18 may kuni AOKAda ötkazilgan onlayn brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boşliği Nurmat Otabekov koronavirus kasalligi bilan röyxatga olingan yoki gumon qilinib, vafot etgan çet eldagi Özbekiston fuqarolari jasadini Özbekistonga olib keliş va dafn etiş tartibi haqida ma'lumot berdi.
Uning ta'kidlaşiça, koronavirus kasalligi bilan röyxatga olingan yoki gumon qilinib, vafot etgan şaxslarni dafn etiş böyiça Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi agentligining alohida körsatma xati mavjud.
Mazkur hujjatga muvofiq:
- Covid-19 kasalligi bilan röyxatga olingan yoki gumon qilinib, vafot etgan bemorlar jasadini tegişli patanatomiya bölimiga yoki Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy markazi va uning hududiy filiallariga qaraşli jasad taşiydigan maxsus transport vositasida epidemiyaga qarşi barça çora-tadbirlarga rioya qilgan holda taşilişi;
- patanatomiya bölimi sud-tibbiy ekspertiza ilmiy markazi va uning hududiy filiallari, şuningdek çet davlatlardan havo yöllari va avtomobil yöli orqali Covid-19 kasalligi bilan röyxatga olingan yoki gumon qilinib, vafot etgan bemorlar tobuti uyga olib borilmasdan, töğridan töğri qabristonga olib borilib, dafn etilişi;
- mayitni kutib oliş va qabristonga yetkaziş tadbirlari alohida ajratilgan maxsus avtotransport vositasi yordamida amalga oşirilişi zarur.
Şuningdek, mazkur körsatma xatida mayitni yaqinlari va qarindoş-uruğlariga berib yuboriş qat'iyan man etilişi va şaxsi aniqlanmagan, qarindoşlari tomonidan olib ketilişi rad etilgan jasadlarni alohida ajratilgan qabristonga barça qoidalarga rioya etgan holda dafn etilişi körsatib ötilgan.
«Körsatma xatida Covid-19 kasalligidan vafot etgan bemorlar jasadini, xavfsizlikni ta'minlagan holda, dafn etişga tayyorgarlik köriş va dafn marosimida marosim iştirokçilari örtasida kasallik tarqalib ketişi oldini oliş tadbirlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik markazlarining malakali epidemiologlari tomonidan amalga oşirilişi belgilab qöyilgan.
Demak, çet elda koronavirus tufayli vafot etgan Özbekiston fuqarolarini vatanga olib keliş va dafn etiş uçun hududiy Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik markazlariga murojaat etiş zarur», deya qayd etdi Nurmat Otabekov.












