Karantin davrida farzandlikka oliş tartibi qanday amalga oşirilyapti? Bu tizim ham boşqa sohalar kabi onlayn tarzda taşkil etilganmi? Fuqarolar qayerga murojaat qilişlari mumkin? Kun.uz muxbiri şu kabi savollarga javob oliş uçun Xalq ta'limi vazirligi boşqarma boş mutaxassisi Ölmas Kamolovga murojaat qildi.

– Karantin paytida farzandlikka oliş qanaqa şaklda olib boriladi?

– Karantin munosabati bilan barça ta'lim va tarbiya muassasalari yopiqligi sababli bolalar bilan körişiş töxtatildi. Farzandlikka oliş jarayoni ham sekinlaşdi, lekin butunlay töxtab qolgani yöq. Fuqarolar yaşaş hududlaridagi xalq ta'limi bölimlariga murojaat qilişlari, kerakli hujjatlarni topşirişlari mumkin. Ayni vaqtda «yaşil» va «sariq» hududda uşbu bölimlar faoliyat olib bormoqda.

– Fuqarolar özlarining yaşaş hududlaridagi xalq ta'limi bölimlariga qanday hujjatlarni topşiriş talab etiladi?

– Farzandlikka oliş niyatida bölganlar xalq ta'limi bölimlariga quyidagi hujjatlarni topşirişadi:

  • familiyasi, ismi, otasining ismi, yaşaş joyi, nikohda qaçondan beri turgani, er-xotinning birga yoki alohida yaşaşi, agar farzandlari bölsa ularning soni va yoşi, farzandlikka olinadigan bolaning yoşi va jinsi körsatilgan ariza;
  • şaxsni tasdiqlovçi hujjat;
  • nikoh töğrisidagi guvohnoma nusxasi (agar nikohda bölsa);
  • oila a'zolari körsatilgan holda yaşaş joyidan ma'lumotnoma;
  • iş joyidan iş haqi körsatilgan ma'lumotnoma;
  • iş joyidan yoki yaşaş joyidan tavsifnoma;
  • farzandlikka oluvçi bölişni xohlovçi şaxsning soğligi töğrisida tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi, psixiatriya va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari dispanserining ma'lumotnomalari.

Farzandlikka oluvçilar böliş imkoniyati töğrisida xulosa tayyorlaş uçun tuman (şahar) xalq ta'limi bölimi bolani farzandlikka olişni xohlagan şaxslarning turmuş şaroitlarini örganiş natijalari böyiça dalolatnoma tuzadi. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar, şuningdek, bolani farzandlikka olişni xohlagan şaxslarning turmuş şaroitlarini örganib çiqiş dalolatnomasi asosida tuman (şahar) xalq ta'limi bölimi ariza berilgan kundan boşlab 30 iş kuni mobaynida ularning farzandlikka oluvçilar bölişi imkoniyati töğrisidagi xulosani tayyorlaydi. Uşbu xulosa ariza beruvçilarga beriladi va farzandlikka olişga nomzodlar sifatida hisobga qöyiş uçun asos hisoblanadi. Xalq ta'limi bölimi tomonidan ijobiy xulosa olingaç, farzandlikka olişga nomzod sifatida navbatga qöyiladi. Bu böyiça Xalq ta'limi vazirligi rasmiy saytidan qöşimça ma'lumotlarni oliş mumkin.

– Farzandlikka oliş uçun hujjatlarni onlayn topşirsa ham böladimi?

– Onlayn hujjat tizimini joriy etiş va bu orqali şaffoflikni ta'minlaş böyiça işlar olib borilmoqda, lekin hali töliq oxiriga yetmagan. Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka oliş Özbekiston Respublikasi Oila Kodeksi hamda Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi «Özbekiston Respublikasining Oila Kodeksini amalga oşiriş uçun zarur bölgan me'yoriy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida»gi 171-son qarori bilan tasdiqlangan «Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga oliş (patronat) töğrisida»gi nizom asosida amalga oşiriladi. Bola asrab oliş böyiça talabgor haqida uşbu huquqiy hujjatda belgilangan ma'lumotlarga ega böliş uçun boşqa vazirliklar va taşkilotlar bilan ham yagona bazani yaratiş kerak. Bu esa ma'lum vaqtni talab etadi. Şu sababli hozirça onlayn tarzda hujjatlarni qabul qiliş jarayoni töliq işga tuşmadi.

– Farzandlikka oliş uçun navbati kelgan fuqarolar «yaşil» hududlardagi mehribonlik uylariga borişlari mumkinmi?

– Karantin munosabati bilan barça turdagi hududlardagi (yaşil, sariq va qizil) ta'lim muassasalari yopiq, jumladan, mehribonlik uylariga ham kiriş-çiqiş taqiqlanadi. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilarini qarindoşlari ham körişlari mumkinmas. Faqat xodimlari kuçaytirilgan tartib asosida uyiga borib kelişiga ruxsat beriladi. Şu sababli navbati kelgan fuqarolar karantin tadbirlari tugaşini kutib turişlari kerak böladi.  

Muhabbat Ma'mirova suhbatlaşdi