Hujjat bilan Milliy malakalar ramkasi hamda Kasbiy malakalar, bilim va könikmalarni rivojlantiriş milliy tizimi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
 
Norma’ning yozişiça, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ikki hafta muddatda quyidagilarni işlab çiqiş topşirildi:

Vazirlik huzuridagi Kasbiy malakalarni rivojlantiriş respublika kengaşi reglamenti;

Davlat boşqaruvi organlari va xöjalik birlaşmalari huzuridagi kasbiy bilim hamda könikmalarni rivojlantiriş böyiça tarmoqlar kengaşlari haqidagi namunaviy nizomni, şuningdek tarmoqlar malaka ramkalari va kasb standartlarini şakllantiriş va amaliyotga joriy etiş böyiça uslubiy tavsiyalar.
 
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Kompetensiyalarni baholaş böyiça faoliyat bilan şuğullanuvçi yuridik şaxslar registri, Kasb standartlari milliy registri hamda Tasdiqlangan malakaga ega şaxslar milliy registri işlab çiqiladi. Oxiridagi registrga mutaxassislar ixtiyoriy asosda kiritiladi.
 
Xizmatçilarning asosiy lavozimlari va işçi kasblari klassifikatoriga ta'lim tizimini takomillaştiriş, Milliy va tarmoqlar ramkalari, Oliy ta'lim yönalişlariga bevosita aloqador bölgan tegişli özgartirişlar kiritib boriladi.
 
Milliy malakalar ramkasi mehnat bozori va ta'lim sohasini integratsiyalaş vositasi bölib xizmat qiladi. Ramka jadval körinişida tuzilgan bölib, unda har bir malaka darajasi böyiça kasb faoliyatini amalga oşiriş uçun talab qilinadigan bilimlar, mahorat va könikma, şaxsiy va kasbiy kompetensiyalar, şuningdek tegişli malaka darajasini egallaş yöllari belgilanadi.
 
Uşbu tizimning asosiy vazifalaridan biri kasbga öqiş, malaka oşiriş va qayta öqişni, işsizlar va band bölmagan aholini, ayniqsa yoşlarni kasbga öqitiş, malakasini oşiriş va qayta öqitişni taşkil etişdan iborat.
 
Milliy malakalar ramkasi asosida davlat boşqaruvi organlari va xöjalik birlaşmalari tomonidan iş beruvçilar birlaşmalari bilan hamkorlikda tarmoqlar malaka ramkalari işlab çiqiladi va tasdiqlanadi.

Hujjat 16.05.2020 yildan kuçga kirdi.