Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar kriptovaluta bilan boğliq qöşimça kiritişni nazarda tutgan qonun loyihasini körib çiqdilar.
Parlament saytida xabar qilinişiça, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga qöşimça kiritiş haqida”gi qonun loyihasi parlament quyi palatasiga boş prokuror tomonidan qonun taşabbusi huquqi asosida kiritilgan.
Qayd etilganidek, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş töğrisida”gi qonunga muvofiq, pul mablağlari yoki boşqa mol-mulk bilan boğliq operatsiyalarni amalga oşiruvçi taşkilotlar uçun içki nazorat qoidalari tegişli nazorat qiluvçi, litsenziyalovçi va röyxatdan ötkazuvçi organlar tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda, bunday organlar bölmagan holda esa, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan işlab çiqiladi va tasdiqlanadi. Öz navbatida, kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni olib borayotgan şaxslar uşbu qonun bilan belgilangan pul mablağlari yoki boşqa mol-mulk bilan boğliq operatsiyalarni amalga oşiruvçi taşkilotlar röyxatiga kiritilmagan.
Loyiha asosida “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş töğrisida”gi qonunga pul mablağlari yoki boşqa mol-mulk bilan boğliq operatsiyalarni amalga oşiruvçi taşkilotlar qatoriga kripto-aktiv aylanmasi sohasida faoliyatini amalga oşiruvçi şaxslarni ham kiritişga oid normani joriy etiş nazarda tutilmoqda.
Deputatlarning fikriça, qonun loyihasining qabul qilinişi mamlakatda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oşiruvçi şaxslar zimmasiga nisbatan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş töğrisidagi qonun hujjatlarining talablarini bajariş majburiyatini yuklaydi. Şuningdek, kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oşiruvçi şaxslar uçun içki nazorat qoidalarini qabul qiliş va tasdiqlaşga huquqiy asos yaratadi.
Savol javoblardan söng loyiha ovozga qöyildi va qabul qilindi.












