Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. Ma'lum qilinişiça, rasmiy Karakas aprelda Angliya bankiga u yerda saqlanayotgan oltinlarni qaytariş va ularni sotiş maqsadida sörov jönatgan. Sud hujjatida ta'kidlanişiça, Venesuela hukumati qölga kiritilgan mablağlarni BMTdan koronavirusga qarşi kuraş uçun yordam, jumladan dori-darmon, tibbiy qurilmalar va oziq-ovqat mahsulotlari oliş maqsadida BMTning Taraqqiyot dasturiga ötkazmoqçi bölgan.

Angliya bankida Venesuelaga qaraşli 31 tonna oltin saqlanadi. Venesuela hukumati oltinning bir qismini qaytarişga bir neça bor uringan, biroq bankning rad javobini olib kelgan. Jumladan, bank 2018 yilda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro davlatga tegişli oltinlarni egallab olib, öz şaxsiy manfaatlari uçun işlatişi mumkinligi xavotirida 550 mln dollarlik oltinni qaytarişdan boş tortgan.