Bu – prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan 19 may kuni imzolangan “Davlat huquqiy siyosatini amalga oşirişda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonda közda tutilgan.

“Paket” prinsipiga köra:

– yangi qonun loyihasini işlab çiqişda uni amalga oşirişga qaratilgan havolaki normalar yangi qonun bilan birga yoki qonunda belgilangan muddatda işlab çiqiladi va kuçga kiradi.

– yangi qonun loyihasi bilan belgilanayotgan qoidalar ilgari qabul qilingan qonunlarga tegişli özgartirişlar kiritişni taqozo etganda, ilgari qabul qilingan qonunlarga özgartiriş kiritiş yangi qonunni qabul qiliş bilan bir vaqtning özida amalga oşiriladi;

– vazirlik va idoralar özlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga bir xil masaladagi özgartiriş va qöşimçalarni bitta hujjat bilan kiritadi;

– Adliya vazirligiga Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestrida mavjud bölgan hujjatlarga tegişli özgartirişlar kiritiş huquqi beriladi (bunda ular aynan bir xil masalada va texnik körinişda bölişi lozim).