Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, zararlangan ğalla maydonlarining 2331 gektari saqlab qolinib, qolgan 3653 gektaridan 95 gektarining meliorativ holatini qayta tiklaş, 3558 gektariga moş ekiş böyiça hisob-kitob işlari amalga oşirildi.

Bugungi kunda suv toşqini yuzaga kelgan maydonlarning 15 452 gektari, jumladan, 8941 gektar paxta, 6511 gektar ğalla ekin maydonlaridan toşqin suvlari çiqarildi.

Hozirgi kunga qadar jami 5 549 nafar pensionerning 3,9 mlrd. sömlik pensiya pullari Xalq banki filiallari tomonidan naqd pul şaklida yetkazib berildi. 294 yöqolgan plastik kartalar qayta tiklanib, öz egalariga taqdim etildi.

Olib borilayotgan tadbirlar davomida topilgan 5 160 uy hayvoni öz egalariga qaytarildi.

Har bir tumanning 3 tadan, jami 9 ta mahallasida 558 pudratçi tomonidan aholi xonadonlarini ta'mirlaş işlari davom ettirilmoqda. Ta'mirlaş işlariga 14 289 nafar işçi, 820 ta texnika jalb qilindi.

Şuningdek, pudratçi korxonalar tomonidan uylarni çiqindilardan tozalaş, pollar, devorlar, eşik va derazalarni demontaj qiliş işlari ham faollik bilan olib borilmoqda. 

Jamoatçilik asosida haq tölanadigan işlarga jami 2 214 nafar işsiz aholi jalb etilib, şundan 1 864 nafari quriliş hududlarini obodonlaştiriş, 304 nafari esa çiqindilarni saralaş va nihoyat, 46 nafari boşqa quriliş işlariga safarbar qilingan.

Bugungi kunda mol-mulklariga zarar yetgan 41 tadbirkorlik sub'yektining töliq röyxati şakllantirilgan. Zarar körgan tadbirkorlik obektlari mol- mulklarining suğurtalanganligiga aniqlik kiritiş uçun ularning röyxati Moliya vazirligi huzuridagi Suğurta agentligiga taqdim etildi.

14 tadbirkorlik obektiga tegişli noturar joy binolari 4 083,7 mln. sömga suğurta qilingan. Bugungi kunga qadar 2 ta tadbirkorlik obektiga mol-mulki böyiça 866,4 mln. söm miqdorda tölov amalga oşirilgan.